Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda (dolzarb 90 kun )

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

 

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda. 

 

Mashgʻulotlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov ham qatnashmoqda. 

 

Bugun malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotlariga start berildi. Birinchi dars jurnalist, bloger, tarjimon, sobiq diplomat, media-trener, piar mutaxassis, filologiya fanlari doktori (DSc) Beruniy Alimov tomonidan olib borildi. 

 

 

Axborot xizmati xodimlari mutaxassisdan PR sohasida sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, Prompt engineering asoslari, axborot va taʼlim beruvchi hamda koʻngilochar kontentlar orqali PR faoliyatini yoʻlga qoʻyish, inqiroz holatlarida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar bilan samarali aloqa o‘rnatish, axborotni tanqidiy tahlil qilish, fakt va manbalarni tekshirish bo‘yicha ilg‘or ko‘nikmalarni shakllantirish borasida zarur bilimlarga ega boʻldi. 

 

Malaka oshirish kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube