Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlarining hisobot-yigʻilishlari davom etmoqda
1-iyul kuni O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligidagi oliygoh mas’ullariga 2024–2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
Dastur davomida Tarjimonlik fakultetining bir yil mobaynida:
- Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat;
- Oʻquv-uslubiy ishlar;
- Ilmiy salohiyat;
- Xalqaro aloqalar va hamkorliklar;
- Iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha erishgan yutuqlari tahlil qilindi, takomillashtirilishi mumkin boʻlgan jihatlar koʻrib chiqildi.
- Xususan, 2024–2025 o‘quv yili yakunidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, 2025–2026 o‘quv yili uchun ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilab olindi.
Oliygoh mas’ullari tomonidan Tarjimonlik fakulteti qayd etgan natijalar ijobiy baholanib, ayniqsa, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faolligi e’tirof etildi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich fakultet jamoasiga bildirilgan ishonch va kutilyotgan yuqori natijalarga urg‘u berar ekan, yangilanishlarga ochiqlik va barqaror rivojlanish sari faol intilish muhimligini ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida prorektorlar va boʻlim boshliqlari professor-o‘qituvchilar faoliyatiga doir taklif va mulohazalarini bildirishdi. Fakultet jamoasi tomonidan esa yangi o‘quv yilida samaradorlikni oshirish, xalqaro faoliyatni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishga doir aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi.