Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy dastur tashkil etildi
7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Dastur avvalida mehmonlar universitet infratuzilmasi, unda talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi. Xususan, University mall, Kulolman spin-off, kompyuter HAB xonalari va universitet huzuridagi muzey boʻylab tur tashkil qilindi.
Undan soʻng, “Doʻstlik” bogʻida mehmonlar va OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish marosimi oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmalar tomosha qilinib, universitet koʻplab iste’dod egalarini bir joyda jamlagan maskan ekani alohida e’tirof etildi.