2025-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ijro intizomini mustahkamlash, maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish hamda KPI tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning 9 oylik yakunlari tahlili” mavzusida iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.
Seminar oflayn va onlayn shakllarda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyat vakillari hamda bo‘lim boshliqlari Zoom platformasi orqali faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ijro intizomi, ta’lim statistikasi, reytinglarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish va oliy ta’lim muassasalarining “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi vazifalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, seminar qatnashchilari tomonidan mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusi davrdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.