O‘zDJTUda Gretsiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 9-oktabr kuni soat 15:40 da Gretsiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Paraskevi Tzeveleki xonim O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

 

 

Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Ingliz tili amaliy fanlar-3 fakulteti dekani I. Xaydarov, Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri E. Muydinova va grek tili o‘qituvchisi S. Musayeva ishtirok etdilar.

Muloqot davomida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetning xalqaro hamkorlikdagi faoliyati, grek tili ta’limining yo‘lga qo‘yilishi hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, O‘zDJTU faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi.

Paraskevi Tzeveleki xonim O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi hamda universitetda grek tiliga berilayotgan e’tiborni mamnuniyat bilan qayd etdi. Elchi xonim Gretsiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, Erasmus+ kabi xalqaro dasturlar orqali talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek Grek tili markazini tashkil etish masalasida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

 

Shuningdek, u grek tilini o‘rganayotgan talabalar bilan elchixonada uchrashuv tashkil etish istagini ham izhor etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarida o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube