OʻzDJTUda KOICA volontyori bilan xayrlashuv uchrashuvi tashkil etildi

2025-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻqituvchi-volontyori Kim Youngbae bilan xayrlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbirda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri I. Abidieva ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Kim Youngbae’ning 2024-yil fevraldan 2025-yil iyungacha davom etgan faoliyati yakunlari, koreys tilini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha bildirgan fikrlari va Koreya universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

Ma’lumot uchun: Kim Youngbae 1955-yil 31-yanvarda Koreyada tug‘ilgan. U 2022-yilda Chinju milliy pedagogika universitetining koreys tili magistratura mutaxassisligini tamomlagan. KOICA volontёri sifatida O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasida koreys tilidan dars bergan, mahalliy o‘qituvchilar uchun o‘quv metodik seminarlar o‘tkazgan hamda talabalar uchun koreys madaniyati va mamlakatshunosligiga oid qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etgan.

Yakunda fakultet mas’ullari tomonidan Kim Youngbae’ning faoliyati yuqori baholandi va oʻqituvchi haqidagi talabalarning ijobiy fikrlari ham alohida e’tirof etildi. Rektor ham volontyor oʻqituvchiga minnatdorchilik bildirib, maxsus sertifikatni topshirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube