O‘zDJTUda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun, 13-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025/2026 o‘quv yilida talabalar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov olib bordi.
Majlisda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, dekan muovinlari hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yangi o‘quv yilida talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni samarali tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.