O‘zDJTUda “Rektor va yoshlar uchrashuvi” davom etmoqda

9-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Roman-german filologiyasi hamda Sharq filologiyasi fakultetlarining kechki ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

 

 

Tadbir davomida rektor talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik dasturlari, ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U yoshlarni bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lishga chorladi.

Uchrashuvda fakultet dekanlari, prorektorlar hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, talabalarning o‘quv jarayoni, amaliyot, turar joy va boshqa dolzarb masalalarga oid savollariga javob berdilar.

 

 

Mazkur uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar uchun universitet hayotiga tezroq moslashish, rahbariyat bilan bevosita fikr almashish hamda o‘z takliflarini bildirish imkoniyatini yaratdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube