PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi (DOLZARB 90 KUN )

 

25-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur majlis an’anaviy (offline) va ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi.

 

Ushbu ilmiy tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar, Ilmiy kengash a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Majlis kun tartibiga muvofiq, Sapayeva Sohiba Otaxonovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi vaqt tushunchasining lingvistik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasi himoya qilindi.

 

Tadqiqotda ingliz va o‘zbek adabiy matnlaridagi vaqt tushunchasining lingvistik ifodalanishi, semantik va pragmatik jihatlari tahlil etilgan. Dissertatsiya ilmiy-nazariy asoslari, tadqiqotning dolzarbligi va amaliy ahamiyati bilan keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.

 

Majlis yakunida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube