Rektor talabalar turar joyida yashash sharoitlarini o‘rgand

22-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori professor I. Tuxtasinov talabalar yashash sharoitini o‘rganish maqsadida 6-son talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida rektor universitet rahbariyat vakillari va mas’ul xodimlar bilan birga yotoqxona sharoitlarini ko‘zdan kechirdi, talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.

Ushbu tashrif talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, talabalarning ta’lim olish va yashash uchun qulay muhitga ega bo‘lishini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

 

    

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube