Rus filologiyasi fakultetida isitish tizimlari holati o‘rganildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rus filologiyasi fakulteti va o‘quv binolarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida auditoriyalar, issiqlik tizimlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Rektor fakultet jamoasiga isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, o‘quv jarayonida qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.