Uchtepa tumani hokimi markaz faoliyati bilan tanishdi

13-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurgan Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov Talabalar turar joyi va ijaraga xonadonlar bo‘yicha Ma’lumot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida hokim universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan birga markaz faoliyati, talabalarni ro‘yxatga olish va manzilli yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, hokim universitetning ikkinchi talabalar turar joyi faoliyati bilan ham tanishib, unda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Bunyod Mamadjanov jarayonlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, markazning asosiy vazifasi — universitetga o‘qishga qabul qilingan talabalarni turar joy bilan ta’minlashda axborot-ko‘mak berish, ularni yotoqxona va ijaraga xonadonlar bilan manzilli ta’minlashdir.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 6 ta talabalar turar joyi (TTJ) mavjud bo‘lib, ular jami 3285 o‘ringa ega. Shuningdek, 1575 ta ijara xonadonlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali 9000 nafarga yaqin talaba yashash joyi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube