16 oktabr OʻzDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov Al-Vadiy universiteti rektori Omar Farxati Tashqi aloqalar, hamkorlik, kommunikatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor Elxabib Guyedda, Universitet bosh kotibi Chouki Medellel vakillarini qabul qildi va ular bilan muloqot oʻtkazdi. 

Uchrashuvda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Abidjanov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri K. Qodirova va kafedra dotsenti A. Zubaydilar qatnashdi.

Ikki universitet rahbarlari oliygohlar haqida maʼlumotlarni taqdim qilishdi. Tashrif doirasida Tarjimonlik fakulteti sinxron tarjima xonalari, arab tili kafedrasi, ARM bilan tanishuv hamda universitetning Arab tili guruhi talabalari va oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.  

Arab tili guruhlari talabalari va Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining oʻqituvchilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Al-Vadiy universiteti va uning faoliyati haqida taqdimot namoyish qildilar va davra suhbati oʻtkazdilar. Muzokaralar natijasida shartnoma imzolanishi kelishib olindi va oʻzaro sovgʻalar almashinildi.

Eslatib oʻtamiz Al-Vadiy universiteti vakillari 19–oktabrgacha yurtimizda boʻlishi rejalashtirilgan.

 

2023-10-16 06-50

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi