26 – oktabr kuni Yangi Media taʼlim markazi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv Memorandumi tuzildi.
Ushbu anglashuv memorandumi Yangi Media taʼlim markazi” direktori Beruniy Alimov va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻrtasida imzolandi. 
Yoshlarning media va axborot savodxonligini oʻzaro hamkorlikda rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikda taʼlim va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tuzilgan ushbu memarandum quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
•  professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar oʻrtasida media va axborot savodxonligi sohasida oʻzaro hamkorlik;
•  bir yoki ikkala tomon, shuningdek, xalqaro, davlat yoki xususiy grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshma taʼlimiy, ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish;
•  akademik dasturlar/kurslar, seminarlar, ilmiy konferensiyalar va bilim almashishning boshqa shakllarini tashkil etish;
•  oʻzaro manfaatli sohalarda ekspert bilimlari va dasturlarini almashish.

2023-10-26 04-59

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi