8-noyabr kuni Fransiyaning Parij Sorbonna 3 Universiteti oʻqituvchisi Bruno Buani Oʻzbekiston taʼlim muassasalarida fransuz tilini oʻqitish sifatini oshirish maqsadida OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda fakultet dekani H.Hakimov, Ilmiy innovatsion va xalqaro aloqalar boʻyicha dekan muovini A.Xalillayev, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova va katta oʻqituvchi G.Masharibovlar qatnashdi.

Muzokaralar chogʻida fakultet dekani va dekan muovini Bruno Buaniga talabalarga fransuz tilini oʻqitishda oʻqituvchilar uchun master-klasslar oʻtib berishi va B.Buanining kelib chiqishi asli Braziliya davlati boʻlgani uchun OʻzDJTUda oʻqitilayotgan 17 ta til bilan birga portugal tilini oʻqitishni yoʻlga qoʻyishda yordam berish taklifini kiritdilar.

B.Buani volontyor sifatida 2023-yil noyabr oyidan 2024-yil 30-mayga qadar Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda magistr talabalarini xalqaro C1 (DALF C1) sertifikatiga tayyorlash uchun fransuz tili va madaniyati kurslarini tashkil qilishi rejalashtirilgan.

2023-11-08 08-23

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi