Universitet rektori  Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi Xalq diplomatiyasi boʻlimi mutaxassislari Haris Lipscomb va Hamid Inamxodjaev hamda AQShning Miami universiteti professori, Fulbright dasturi asosida 1 yil davomida  universitetda amaliy mashgʻulotlar olib borish uchun tashrif buyurgan Clahar Deniseni qabul qildi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Alisher Abidjanov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshlig’i X.Yuldashev va Filologiya fakulteti dekani S.Ziyayeva ishtirok etdi.

Muloqot chog’ida AQSh bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, Oʻzbekiston ingliz tilini oʻqitishni rivojlantirish borasidagi ishlar boʻyicha fikr almashildi hamda mavjud aloqalarni yangi darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

2023-09-19 07-01

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi