Bugun OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti binosida Hindiy tili kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Brabxat tashrif buyurdi.

Tadbirni Hindiston elchisi va Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Alisher Abidjanov ochib berdi.

Shundan soʻng talabalar ishtirokida hind qoʻshiqlari kuylandi, raqslar ijro etildi, Hindistonni tarannum etuvchi sheʼrlar aytildi, qiziqarli viktorina uyushtirildi. Viktorinada yutgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir soʻnggida oʻzbek raqslari popurisi ham namoyish etildi.

2023-06-09 05-38

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi