Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda tahsil olayotgan oʻquvchilarning ilm-fan kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish va ularni oliy taʼlim dargohlarida taʼlim olishiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti va umumtaʼlim maktablari oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Shu bois 24-oktyabr kuni universitet binosida bitiruvchi oʻquvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Uchtepa tumani tumani “Abdulla Qodiriy” mahallasida joylashgan 106-sonli hamda 105-sonli umumtaʼlim maktabi, OʻzDJTU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishdi.

 Ushbu ochiq eshiklar kunida bitiruvchi oʻquvchi va ularning ota-onalari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻqish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Joriy oʻquv yilida kirish imtihonlarini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 

Tashrif davomida “Xorijiy til va adabiyoti”, “Tarjimonlik”, “Ingliz tili filologiyasi” fakultetining professor-oʻqituvchilari bitiruvchi oʻquvchilarga yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari hamda mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, universitetda mavjud taʼlim yoʻnalishlar, kafedralar, ilmiy maktablar, faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar haqida batafsil maʼlumot berishdi. 

Bundan tashqari, oʻquvchilar universitet fakultetlari, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, xorijiy davlatlar bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari xususidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Tadbir davomida Boshlanĝich taʼlimda ingliz tili kafedrasi mudiri M.M.Muxtorov tomonidan Ingliz tili 2-fakultetiga ekskursiya uyushtirildi
Tashrif yakunida bitiruvchi oʻquvchilar hamda ularga biriktirilgan ustozlari koʻrsatilgan eʼtibor uchun universitet maʼmuriyati, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirib, katta taassurot bilan qaytdilar.

2023-10-24 04-18

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi