Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida 11–12 dekabr kunlari “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Mazkur konferensiyaning birinchi kuni 11-dekabr Tashkent City Kongress Markazida boʻlib oʻtdi. 

Unda jadidchilik harakati gʻoyasi, maqsad va vazifalarini izchil oʻrganishda yangi insaydlar, harakatning maʼrifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi boʻyicha ijtimoiy-siyosiy saʼy-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashildi.

Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari, kafedra mudirlari va professor oʻqituvchilar ham ishtirok etdi.

2023-12-11 05-56

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi