AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari yaqinda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 20 nafar yosh yetakchi ayollardan iborat “Mighty Girls Club”ga tashrif buyurishdi. Ular jahon adabiyotini o‘qib, ayol yetakchilar haqida ma’lumotga ega bo‘lish bilan bir qatorda tanqidiy fikrlash va yozish ko‘nikmalarini oshirishmoqda.

Mazkur loyiha davomida qizlarimiz Amerikaning turli geografik hududlari, taomlari va Qo'shma Shtatlardagi universitet ta'limining ko'plab imkoniyatlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lishdi. Klub elchixonaning “Xalq diplomatiyasi” bo‘limi granti hisobidan moliyalashtiriladi, bu esa kelgusi avlod ayollarini ilhomlantirish uchun shu kabi ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

2022-10-31 09-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi