27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan 26-iyun sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida barcha oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari uchun “OTM matbuot xizmati – 2023. Oliy ta’lim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi va unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti matbuot kotibi Otabek Ibragimov ham ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv seminar matbuot kotiblari faoliyati samaradorligini ko‘tarish, jamoatchilikka oliy ta’lim tizimiga oid islohotlar natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazishdagi malakalarini oshirish hamda milliy media makonda yuqori tajribaga ega OAV vakillari bilan tajriba almashish maqsadida o‘tkazildi.

Ushbu seminarda axborot xizmati faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan oliy ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nomi ham tilga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

2023-06-27 11-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi