OʻzDJTUda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Bayram munosabati bilan 13-yanvar kuni universitetning Sharq, Ingliz, Roman-german filologiyasi kabi bir qator fakultetlarida osh damlanib, talabalar uchun bayramona dasturxon bezatildi.

Asosiy bayram tadbiri universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi binosida boʻldi. Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham mazkur tadbirlarda ishtirok etib, barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.

Universitetda har bayramda osh tayyorlanib, talabalarga tortiq etilishi anʼanaga aylanib bormoqda va bu galgi tayyorlangan milliy taom yaqinda qishki taʼtildan qaytgan barcha talabalar uchun chinakam sovgʻaga aylandi.

Maʼlumot uchun: bugun OʻzDJTUda 300 kilogramm osh tayyorlanib, barcha talabalar va TTJ da istiqomat qilayotgan oʻgʻil-qizlar uchun tortiq qilindi. 

2024-01-15 04-59

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi