Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish hamda talabalarni tarixiy yodgorliklarimizni oʻrganishga targʻib etish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 10-dekabr kuni OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari, xorijlik professor va talabalar, universitet texnik xodimlari va faol talaba-yoshlar universitet homiyligida Samarqand viloyatiga sayohat qildi.

Sayohat davomida Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Shoxi Zinda, Amir Temur maqbarasi, muhtaram birinchi prezidentimiz  Islom Karimov qabri gidlar hamrohligida ziyorat qilindi.

Shuningdek, universitet homiyligida tushlik tashkil etilib, Samarqand oshi tortiq etildi.

Professor-oʻqituvchilar va talabalar mamlakatimizning tarixiy obidalari haqida koʻplab qiziqarli bilimlarni egalladi. Sayohatning soʻnggi manzili esa Registon maydoni boʻldi.

2023-12-11 05-47

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi