Joriy yilning 16- fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi qoshida tashkil qilinayotgan “Tarjimashunoslik va lugʻatshunoslik” ilmiy-amaliy markazi ish boshladi. 

Markazning ochilish marosimiga germaniyalik mehmonlar: Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti rahbari o’rinbosari Walter Sabiel, Germaniyaning O’zbekistondagi hamkor PASH maktablari koordinatori Simon Krechmer va bir qator professor oʻqituvchilar tashrif buyurdi.

Universitet rektori I.M.Toʻxtasinov markazning ochilish marosimida soʻzga chiqib, yangi ilmiy-amaliy markazi barcha uchun manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi va barchani muborakbod etdi. 

“Tarjimashunoslik va lugʻatshunoslik” ilmiy-amaliy markazi chet tillardan badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni tarjima qilish, oʻzbek milliy adabiyotini jahon adabiyotiga uygʻunlashishiga hissa qoʻshish, nemis, ingliz, fransuz, ispan va rus tillari mutaxassislarini bir jamoaga birlashtirib, umumiy faoliyat turlarini belgilab olish, universitetda “Tarjima va leksikografiya” nomli yangi elektron ilmiy-amaliy jurnal tashkil qilish va nashr etish kabi imkoniyatlarni berishi kutilmoqda.

2024-02-16 07-47

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi