24-yanvar kuni Axborot-resurs markazida Kitobxonlik haftaligi doirasida ARM direktor oʻrinbosari M.Muxamedjonova, boʻlim mudiri Sh.Ismoilova, Tarjimonlik va Ingliz tili 3-fakultet tuytorlari N.Mamazoxirova, X.Qurbonova va 1-3 bosqich talabalari ishtirokida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli tarjimon, “Doʻstlik” ordeni sohibasi, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti Begoyim Holbekova bilan “Tarjimonning bosib oʻtgan yoʻli” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Suhbatda Begoyim Abduraxmonovna tarjima qilgan asarlari, chop etilgan kitoblari haqida soʻzlab berdi. Dastur davomida bir asarni tarjima qilish uchun ikkala til qonuniyatlarini bilish, sheʼriy tarjimada nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi haqida soʻz bordi. 

Tadbirda oʻzbek shoirlarining ingliz tiliga tarjima qilingan sheʼrlari oʻqildi.

2024-01-25 03-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi