24-aprel kuni Germaniyaning Laybnis Nemis tili tadqiqot instituti vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. 

Lobin instituti direktori prof. Xennig, institut Leksika boʻlimi boshligʻi prof. Shtefan Engelberg, Grammatika bo’limi dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi Dr. Roman Shnayder, Tadqiqotlarni tashkillashtirish boʻlimi xodimi Dr. Katrina Dyuk va xodim Dr. Nofiza Voxidovadan iborat delegatsiya OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan kutib olindi. 

O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, Roman-german tarjimashunoslik kafedrasi mudiri L.Xoliyarov hamda mehmonlar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Rektor Ilxomjon Toʻxtasinovning OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va nemis tilining oʻqitilishi haqidagi maʼlumoti va Xennig Lobinning Nemis tili instituti haqidagi maʼlumoti taqdim etilgach, hamkorlik boʻyicha takliflar muhokamasi boshlandi.

Unda Nemis tilini oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan indekslangan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishda hamkorlik, hammualliflikda nemis tili boʻyicha umumtaʼlim maktablari va OTMlar uchun oʻquv qoʻllanmalari va darsliklar yaratish va chop etish, Ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Germaniyaning Laybnis Nemis tili tadqiqot instituti delegatsiyasi vakillari tomonidan O’zDJTU talabalari uchun seminar tashkil etildi va talabalarga mutaxassislar tomonidan zarur bilim-ko’nikmalar berildi. 

2024-04-26 03-31

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi