18-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor va talabalar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov Ingliz tili 3-fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Rektor talabalarga universitetdagi sharoitlar, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi va yoshlarni bilimli, izlanuvchan hamda vatanparvar bo‘lishga chorlab, ularga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, uchrashuvda barcha prorektorlar va bo‘lim boshliqlari ham ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning savollariga javob berdilar. Bu suhbat talabalarga nafaqat zaruriy bilimlarni berdi, balki universitet hayotiga tezroq moslashishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi hamda ular uchun yangi bosqichda mustahkam motivatsiya manbai bo‘ldi.