#oʻz_maqsadlaringni_bil

Qo‘shma ta’lim dasturining o‘quv rejasida belgilangan fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan 30 nafar talabadan iborat jamoa Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Abdullayeva bilan birgalikda joriy yilning 25-yanvar kuni Moskva shahriga yetib bordi. Ularni MDLUning Xalqaro munosabatlar fakultetida ishlovchi dekanat xodimi E.Sadovnikov va fakultet magistranti N.Turebayeva kutib olishdi.

26-yanvar kuni talabalar yotoqxonaga joylashish bilan birga Moskva Davlat lingvistika universiteti dekanati tomonidan kafedra mudirlari va fakultet faollari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.  Uchrashuvda talabalarning fakultetdagi keyingi faoliyati, o‘quv, ilmiy-tarbiyaviy yo‘nalishlar asosida tashkil qilinishi lozim bo‘lgan ishlar tushuntirildi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishdi. 

2024-01-29 03-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi