13-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Oʻzbekiston -Germaniya Ilmiy Jamiyati bilan birgalikda tashkil qilindi. Anjumanda respublikamiz oliy taʼlim muassasalaridan tashqari Germaniya Federativ respublikasi, Rossiya, Turmaniston, Ozarbayjon, Jazoir Xalq demokratik respublikalari oliy taʼlim massalaridan 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlar qatnashdilar.
Konferensiya quyidagi shoʻbalar asosida boʻlib oʻtdi:
1. Qiyosiy tilshunoslik (fonologiya, grammatika, leksikologiya, frazeologiya va stilistika)ning dolzarb masalalari.
2. Qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari.
3. Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari.
4. Leksikografiya va terminografiyaning dolzarb masalalari.
5. Madaniyatlararo muloqot va lingvokulturologiyaning dolzarb masalalari.
Maʼlumot uchun: Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori 9-bandida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrugʻiga asosan tashkil etildi.
2024-06-19 01-18