Kengash davomida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Kengash yig‘ilishi davomida universitet jamoasining bir qator vakillari munosib rag‘batlantirildi.

-Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmonjon Komilovich Ermatov 60 yoshga to‘lgan yoshi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan tabriklandi.

 

 

-Universitet Axborot-resurs markazi direktori Saida Irgashevna Kayumova ilgari taqdim etilgan “Axborot-kutubxona a’lоchisi” ko‘krak nishoni uchun bugungi Kengashda e’tirof etildi va tantanali tarzda tabriklandi.

 

 

-“Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Abdulhadiy Abdullaevich Yusupov falastinlik fuqarolar bilan olib borgan samarali tarjimonlik faoliyati uchun Falastinning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va favqulodda va muxtor elchisi janob Javad Awadning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

 

 

-Tarjimonlik fakulteti (Ingliz tili) talabasi Umida Hasan qizi Abdushukurova 2025-yil 16-may kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “ZARMED-2025” Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egallaganligi munosabati bilan taqdirlandi.

-Shu bilan birga, mazkur olimpiadada hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faol ishtirok etgan Tarjimonlik fakulteti o‘qituvchisi Farida Kamol qizi Ne’matova olimpiada tashkilotchilari tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

 

-2025-yil 20–24-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Otabek Muzaffarovich Usmonov 7 500 000 so‘mlik pul mukofoti va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube