Namangan davlat universitetida yirik xalqaro konferensiya boshlandi!
Bugun, 2025-yil 22-may kuni, Namangan davlat universitetida muhim xalqaro tadbir – O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Mazkur anjuman ikki davlat o‘rtasidagi strategik ta’lim hamkorligini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi yo‘nalishida istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Konferensiyada universitet rektori professor Ilxomjon Tuxtasinov, Rus filologiyasi fakulteti dekani dotsent A. Rahmonov, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori professor J. Abduganieva hamda mazkur markaz bo‘lim boshlig‘i K. Alimova qatnashmoqda.
Ushbu xalqaro konferensiya doirasida oliy ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, yangi tashabbuslar ilgari surish va o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.