O’zDJTUda Koreyaning Hankuk Kiber chet tillar universiteti dekani Chongnan Chin xonim bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Tomonlar o'zaro hamkorlik masalalari, jumladan, onlayn qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, talaba va o'qituvchilar uchun maxsus sertifikat kurslarini tashkil qilish hamda boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirish borasida muloqot olib borishdi.

Yakunda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori A.Nasirov barcha takliflar o'rganib chiqilishi va kelishuvlar asosida memorandum imzolanishini ma'lum qildi.

2023-12-20 06-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi