22-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov va Ingliz filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Dasturda OʻzDJTU rahbariyati vakillari, boʻlim boshliqlari va Ingliz filologiyasi fakulteti mas’ullari bevosita ishtirok etishdi.
Rektor universitet faoliyati, unda yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlar va boshqa qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim etib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi, ma’lum masalalar yuzasidan oʻz takliflarini kiritib, yechimlar boʻyicha mas’ullarga topshiriqlar yukladi.
Shuningdek, dastur davomida Ingliz filologiyasi fakultetining iqtidorli, koʻplab muvaffaqiyatlarga erishgan vakillari, jumladan, “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichi gʻolibasi Oʻgʻiljeren Xaldurdiyeva ham 1-bosqich talabalarini ruhlantiruvchi nutq soʻzlab, bilim olishdan, izlanishdan toʻxtamaslikka, universitetda yaratilgan sharoitlar unumli foydalanishga chorladi.
Mazkur uchrashuv yangi talabalarga oʻquv muhitiga moslashish, bilmagan ichki qoidalarni oʻzlashtirish, savollarga asosli javoblar topish, tashabbuslar kiritish va albatta, oldindagi rejalar, boʻlajak zafarlar uchun motivatsiya manbayi boʻlib xizmat qiladi.