2023-yil 3-oktabr kuni Turkiyaning Mersin universiteti rektori Erol Yashar hamda rektor maslahatchisi Yashnar Baykal bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. O’zDJTU rektori professori Ilxomjon Tuxtasinov universitet haqida ma’lumot berib o’tdi hamda professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, malakali til sohiblarini O’zbekistonga taklif qilish, hamkorlikda Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarda ishtirok etish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha takliflar berdi.

Xalqaro reytingda TOP 1000 talikka kiruvchi Mersin universitetida hozirgi kunda 47 000 nafar talaba, jumladan 3 000 nafar xorijlik talabalar tahsil oladi. Professor o’qituvchilar soni 3 000 tadan ortiq. Ushbu universitet tarkibida 19 ta fakultet bo’lib, ulardan 9 tasi oliy ta’lim va 10 tasi kasb hunar ta’limi tizimi bo’yicha ish olib boradi. Bundan tashqari, 5 ta alohida institut faoliyat yuritadi.

Uchrashuv so’nggida rektorlar ta’lim va fan sohalaridagi o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandumni imzoladilar va kelgusida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida kelishib oldilar. 

2023-10-03 08-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi