2025 yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Universiti Tun Hussein Onn Malaysia (UTHM) bilan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzoladi.

Memorandum O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M. Tuxtasinov va Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Dj.R. Abduganiyeva hamda UTHM universiteti prorektori Mas Fawzi bin Mohd Ali tomonidan imzolandi.
Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, professor-o’qituvchilarning qo’shma malaka oshirish dasturi, akademik almashinuv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.

 

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar rejalashtirilgan:

 professor-o‘qituvchilar uchun qo‘shma malaka oshirish dasturlari;
 talabalar va yuqori malakali mutaxassislar akademik mobilligi;
 qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari va konferensiyalar;
 ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

Ushbu memorandum O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ilmiy tadqiqot va ta’lim aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishda xalqaro miqyosida yangi bosqichni boshlab berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube