2025-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Clarivate” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Dasturda Clarivate kompaniyasidan ilmiy va davlat tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy menejeri Lyaziza Mukasheva hamda O‘zbekistondagi ilmiy va davlat tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha mahalliy menejer Diana Abdumuminova, OʻzDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K. Muradqosimova ishtirok etdi.

 

 

Suhbat davomida Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, O‘zDJTU tadqiqotchilarining dissertatsiyalari va ilmiy ishlar natijalarini xalqaro ma’lumotlar bazalariga joylashtirish, shuningdek, universitetning xalqaro reytingini oshirish maqsadida ilmiy salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli boshqa hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashdilar.

 

 

Uchrashuv yakunida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro ilmiy nashrlarda o‘zbekistonlik olimlarning faolligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni global axborot maydonida targ‘ib etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube