Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
14-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil etilgan seminar an'anaviy tarzda oflayn va ZOOM onlayn platformasi o'tkazildi.
Seminarda Xamraxodjayeva Surayyo Jurayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalariga nemis tilini o‘qitishda ijodiy yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish usullari” mavzusidagi dissertatsiyasi keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Mazkur dissertatsiya pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan bo‘lib, unda muallif tomonidan iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlar, samarali metodlar va amaliy tajribalar asosida olib borilgan ilmiy izlanishlar yoritildi.
Ilmiy seminar davomida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi hamda mavzuning dolzarbligi, ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.