Ingliz filologiyasi fakulteti olimlari Malaysiya xalqaro konferensiyasida
2025-yil 22-23 may kunlari Xalqaro aloqalarni takomillashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti ingliz tili o’qitish metodikasi va ta’lim tehnologiyalari kafedrasi v.b dotsenti, PhD Nargiza Ergashbaevna Yuldasheva va nazariy fanlar kafedrasi dosenti Fotimaxon Saidbaxramovna Azizovalar Malaysiya davlatining Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning xalqaro THE reytingida top 1000 ga kirgan Manipal GlobalNXT University, Multimedia University, SEGi University & IFERP Academy tomonidan o‘tkazilgan 8th International Conference on Multi-Disciplinary Research Studies and Education (ICMDRSE-2025) konferensiyasida ma’ruzachi sifatida qatnashdilar.
Konferensiya ingliz tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, dunyoning nufuzli OTMlaridan ko‘plab ishtirokchilar tashrif buyurdilar. Xususan, Xitoy, Xindiston,, Amerika, Janubiy Afrika, Vetnam, Fillipin, Tailandlik xamkasblarning nutqlari tinglandi va fikrlar almashildi.
Konferensiyadan keying kunda barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida jahon tillari universiteti bilan o‘zaro memorandumga ega bolgan xalqaro reytingda top 1000 talikda bo‘lgan Sulton Idris universitetiga tashrif buyurdik va biz uchun tashkil etilgan forumda o‘z ma’ruzalarimiz bilan ishtirok etdik.