O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Nisshin Co (Yaponiya) kompaniyasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Nisshin Co (Yaponiya) kompaniyasi direktori Liu Jian (Лю Сиан) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda universitet tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi markazi direktori Jamila Abduganiyeva hamda Yapon tili kafedrasi mudirasi N. Hamidova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Nisshin Co vakillari tomonidan quyidagi takliflar ilgari surildi:
O‘quv dasturlarini yaratish;
Talabalarni xalqaro universitetlarga qabul qilishda ko‘maklashish;
Talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish
;Akademik seminar, vebinar va mahorat darslarini tashkil etishga ekspertlarni jalb qilish;
Yaponiyada talabalarni o‘qish va bandligini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash.
Tomonlar uchrashuvda quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
O‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Ikki universitet o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish;
Yapon tili o‘rganayotgan talabalar uchun yozgi til oromgohi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
O‘qituvchilar uchun “Yapon tilini o‘qitishda sun’iy intellektni joriy etish” mavzusida seminarlar tashkil etish;
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv materiallarini yaratish va talabalar ijodiy ishlarini tekshirishni o‘rgatishga qaratilgan platforma yaratish.
Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tib, tomonlar kelgusida hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.