O‘zDJTU JUMP ROPE ochiq turnirida faxrli 3-o‘rinni egalladi
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida JUMP ROPE (“Arg‘imchoqda sakrash”) sport turi bo‘yicha ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakkalik, juftlik va aralash yo‘nalishlarda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va moslashuvchanligini sinovdan o‘tkazdilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “O‘zDJTU” terma jamoasi kuchli raqobatga qaramay, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu natija O‘zDJTU jamoasining sportga bo‘lgan yondashuvi, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlashi va jamoaviy harakatlarga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.