O‘zDJTU tarmoq markazida bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bo‘lib o‘tdi
7-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til: ingliz tili” yo‘nalishida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tinglovchilar Attestatsiya komissiyasi oldida o‘z ilmiy-amaliy loyihalarini taqdim etdilar. Ular tomonidan ilgari surilgan g‘oya va metodik yondashuvlar o‘zining dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi.
Himoya jarayonida Attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zDJTU rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, ijodiy yondashuvi va kasbiy o‘sishiga yuqori baho berdi.
Ushbu yakuniy bosqich tinglovchilarning kasbiy mahoratini mustahkamlash, metodik va ilmiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Himoya jarayoni tarmoq markazida shakllanayotgan sifatli pedagogik tayyorgarlik tizimining samaradorligini yaqqol namoyon etdi.