Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
31-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.114.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur himoyada Yusupova Zarrina Kurbonovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Filologik OTM talabalarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ilmiy kengash yig‘ilishi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida o‘tdi. Tadbirda rasmiy opponentlar, kengash a’zolari, soha mutaxassislari hamda dissertantning ilmiy rahbari qatnashdi.
Dissertatsiya ilmiy-nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda dolzarbligi jihatidan keng muhokama qilinib, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ijobiy baholandi.