2025-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning 1- va 2-talabalar turar joylarini borib ko‘rdi.
Tashrif davomida talabalarga yaratilgan sharoitlar, turar joy tizimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Rektor mas’ullarning hisobotlarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sharoitlarni yanada yaxshilash va talabalar uchun qulay muhit yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakat kelajagi va iqtisodiyot rivoji, avvalo, bilimli avlodga bog‘liq”. Shu boisdan ham universitetda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash doimiy e’tiborda.
Hozirda universitetda 6 ta talabalar turar joyi faoliyat ko‘rsatib, ular jami 3 285 o‘ringa ega. Talabalar turar joyiga joylashtirish jarayoni belgilangan tartib asosida davom etmoqda.