21-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Til va adabiyot: aloqalarni ochish va yangi gorizontlarni kengaytirish – II” (Language and Literature: Unveiling Connections and Expanding Horizons) mavzusidagi an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va samimiy tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

 

 

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov o‘z nutqida anjumanning dolzarbligini alohida ta’kidlab, til va adabiyot bugungi kunda jamiyat madaniyati, milliy o‘zlikni anglash hamda global akademik muloqotda beqiyos o‘rin tutishini qayd etdi. Shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorliklar, ilmiy tadqiqotlar va akademik mobillik borasidagi yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari magistrantlari, yosh tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi. Ular tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va boshqa yo‘nalishlarda o‘z ilmiy izlanishlarini taqdim etdilar.

Tadbirda universitetning QS World University Rankings by Subject reytingida “Linguistics” yo‘nalishi bo‘yicha 251–300 o‘rinlardan joy olgani, bu esa xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborni oshirib borayotganini ta’kidlandi.

Anjumanda o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etayotgan magistrantlar sonining ortib borayotgani, ularning ko‘plari davlat va xalqaro stipendiyalar sohibi bo‘layotgani ham qayd etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube