Navbatdagi ilmiy dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi

19-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorant Jumayeva Sadbarg Mirolimovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʻyicha “Xorijiy til oʻrganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni oʻqitishda matnga asoslangan yondashuv” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi oʻtkazildi.

 

 

Muhokamada OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy Kengash a’zolari, rasmiy opponentlar, soha mutaxassislari, ilmiy rahbarlar va doktorantlar ishtirok etdi. 

Tadqiqot taqdimoti davomida ishning nazariy asoslari, metodologik yondashuvi hamda amaliy qoʻllanilishi atroflicha muhokama qilindi. Yakunda tadqiqotchi Ilmiy kengash a’zolari tomonidan berilgan savollarga asosli javob berdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube