O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 803-sonli qaroriga asosan ta’sis etilgan “Axborot-kutubxonachi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan faxriy taqdirlash tadbirlari davom etmoqda.
2025-yil 15–17-may kunlari Farg‘ona shahridagi Axborot-kutubxona markazi binosida o‘tkazilgan “Central Asia–2025: Fan, ta’lim va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi direktori Kayumova Saida Irgashevna “Axborot-kutubxonachi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bu yutuq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi uchun faxrli holat bo‘lib, ta’lim va ilmiy axborot-resurs tizimini rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissaning e’tirofi sifatida baholanadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi nomidan Kayumova Saida Irgashevnani chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Ushbu yuksak mukofot ularning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati va axborot-resurs sohasidagi faol sa’y-harakatlariga berilgan munosib bahodir.