Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Round University Ranking (RUR) reytingida ishtirok etib, dunyoning kuchli 1001 taligiga kirishga muvaffaq bo'ldi.
2025-yil RUR reytingiga ko‘ra, universitet quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Jahon reytingida — 1001-o‘rin;
O‘zbekiston bo‘yicha — 26-o‘rin.
Reyting natijalari quyidagicha taqsimlandi:
-Ta’lim sifati (Teaching) — 990-o‘rin, 16.346 ball,
-Ilmiy tadqiqot (Research) — 993-o‘rin, 9.552 ball,
-Xalqaro inklyuzivlik (International Diversity) — 984-o‘rin, 16.399 ball,
-Moliyaviy barqarorlik (Financial Sustainability) — 701-o‘rin, 34.884 ball.
RUR — xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli reyting bo‘lib, OTMlarni 20 dan ortiq ko‘rsatkich asosida baholaydi. Reytingda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va moliyaviy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitet dunyoning TOP-1000 talik ro‘yxatiga kirishi — bu professor-o‘qituvchilar, talabalar va butun jamoamizning fidokorona mehnati samarasidir!