Rektor va iqtidorli yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Rektor Ilxomjon Tuxtasinov va iqtidorli yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

 

 

Tadbirda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida rektor yoshlarga o‘z ta’limlarida muvaffaqiyatlar tiladi, ularning ilmiy va ijodiy tashabbuslarini qadrladi hamda faoliyatlarini davom ettirishga undadi.

Tadbir yoshlarning salohiyatini namoyish etish, ilmiy va ijodiy faoliyatini rivojlantirish hamda ularni faol jamiyat a’zolari sifatida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube