Xalqaro jurnalistika va Roman-german filologiyasi fakulteti birinchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi o‘quv yilida talabalik safiga qo‘shilgan Xalqaro jurnalistika hamda Roman-german filologiyasi fakulteti birinchi kurs talabalari bilan rektor Ilxomjon Tuxtasinovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Matyakubov hamda Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov ishtirok etdi. Talabalarning savollariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha javob berildi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov nutqida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik dasturlari hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, talabalarni faol bo‘lishga, tashabbus ko‘rsatishga va doimiy izlanishda bo‘lishga chorlab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, talabalarda katta taassurot qoldirdi.