“Xon atlas” oyligi doirasida yorqin tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan katta bayramona tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, o‘z nutqida milliy matolarimiz — xon atlas va adrasning qadimiy tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

 

 

Shundan so‘ng tadbir qiziqarli dasturlar bilan davom etdi:
Milliy liboslar namoyishi — talaba qizlarimiz xon atlas va adras matolaridan tikilgan zamonaviy va milliy liboslarda sahnaga chiqib, tomoshabinlarga milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini namoyish etdilar.
Milliy laparlar — jonli ijroda yangragan qo‘shiqlar tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.
Milliy raqslar — rang-barang raqs jamoalari sahnada milliy kuy-qo‘shiqlar jo‘rligida chiqish qilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.
Badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari — talabalar milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdilar.

Tadbirda barcha fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari faol ishtirok etib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladilar.

Tadbir nihoyatda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tomoshabinlar milliy qadriyatlarimizning boyligi va go‘zalligini yana bir bor his etdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube